Kimdir

Borman degin - yo'qligingga kim ko'nmadi?
Orman degin - g'ururingni kim ko'mmadi?

Malakman de - senga qanot bergan kimdir?
Halakman de - dilga sabot bergan kimdir?

Dunyoman de - bu dunyoni ko'rsatgan kim?
Ziyoman de - ziyolikni o'rgatgan kim?

Donoman de - nodonlikdan qayirgan kim?
Tanhoman de - nisbatlardan ayirgan kim?

Kerakman de - kerakliging kim o'yladi?
Yurakman de - zarblaringni kim poyladi?

Oftobman de - nurlaringga rang bergan kim?
Kitobman de - xoshiyangdan chang tergan kim?

Odamman de - insonliging tan oldi kim?
Bekamman de - nuqsonliging kam oldi kim?

Kulgiman de - yoshlaringni elagan kim?
Sevgiman de - senga ishqni tilagan kim?

Menman degin - senligingdan yo'lim topay
Sensan degin - kengligingdan o'lim topay...

Yorliq so‘zlar: Ishq kuylari

Obuna bo'ling

Javlon Juraevning tarqatma xatlariga obuna bo'ling

Facebook